YORUG’LIK DIFRAKTSIYASI

YORUG’LIK DIFRAKTSIYASI tor ma’noda — yorug’likning noshaffof jismlar (ekranlar) chegaralarini aylanib o’tish hodisasi; yorug’likning geometrik soya sohasiga o’tishi. Keng ma’noda — to’lqin optikasidan geometrik optikaga o’tish chegaraviy sharoitlarida yorug’lik to’lqin xossalarining namoyon bo’lishi. Tuman tomchilarida yorug’likning sochilishi, optik sistemalar (mikroskop)da tasvirning shakllanishi va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Yorug’lik difraktsiyasi yorug’lik to’lqin uzunligi X ga bog’liq; u X,—»0 da yo’qoladi. Qizil nur binafsha nurga nisbatan kuchliroq difraktsiyalanadi. Bu hodisadan foydalanib, oq yorug’likni difraktsiya spektriga ajratish mumkin. Yorug’lik difraktsiyasining taqribiy nazariyasini 1816 yilda O. Frenel yaratgan. Bu nazariyaga ko’ra, Yorug’lik difraktsiyasi ikkilamchi to’lqinlar interferentsiyasi natijasidir. Bu nazariyadan asboblar optikasida difraktsion effektlarni hisoblashda keng foydalaniladi. Ekranlar sistemasi orqasidagi yoritilganlikni Frenel zonalari vositasida hisoblash usuli zonaviy plastinka dumaloq ekran atrofida yorug’lik nurlaridan hosil bo’lgan difraktsion halqa. Frenel zonalari usuli difraktsiya manzarasini faqat bir nechta zona tashkil qilgan holda samaralidir. Ushbu hollarni Frenel difraktsiyasi yoki yig’iluvchi nurlardagi difraktsiya deyiladi. Agar S sirt zonaning kichik kismini tashkil qilsa yoki difraktsiya uzoqdan kuzatilsa (Fraungofer difraktsiyasi), uni tushuntirish uchun muayyan nuqtaga yig’iluvchi ikkilamchi to’lqinlar fazalaridagi o’zgarishlarni hisobga olish lozim. Yorug’lik difraktsiyasining to’liq nazariyasini 1882 yilda G. R. Kirxgof yaratgan. Yorug’lik difraktsiyasi optika va fizikada katta ahamiyatga ega. Masalan, u optik asboblar imkoniyatlari chegaralarini, mikroskoplar va teleskoplarning ajrata olish qobiliyatlarini, ochiq rezonatorlarning aslligini va boshqalarni aniqlashga imkon beradi. Lazerlarning yaratilishi Yorug’lik difraktsiyasiga oid yangi hodisa va masalalarni yuzaga keltirdi. Bular jumlasiga qisman kogerent maydonlar difraktsiyasi yoki nochizig’iy optik muhitlardagi o’zdifraktsiya hodisasi va boshqalar kiradi.