YORUG’LIK INTERFERENTSIYASI
YORUG’LIK INTERFERENTSIYASI ikkita yoki bir nechta yorug’lik to’lqinlarining qo’shilishi natijasida yorug’lik nurlanishi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi; to’lqin interferentsiyasining xususiy holi. Yorug’lik interferentsiyasi ekran yoki boshqalar sirtda yorug’ yoki qorong’i yo’llar yoki dog’lar (monoxromatik yorug’lik uchun) yoxud rangdor qismlar (oq yorug’lik uchun) yonma-yon joylashgan holda ko’rinadi. Yorug’lik interferentsiyasi 17 asrda I. Nyuton tomonidan tadqiq qilingan bo’lsada, uning korpuskulyar nazariyasi ushbu xrdisani tushuntira olmadi. Uni 19 asr boshida T. Yung va O. Frenelar to’lqin hodisa sifatida nazariy talqin qilib berdilar. Doimiy faza farqi sharoitida, ya’ni kogerent yorug’lik dastalarining qo’shilishi natijasida vujudga keluvchi, fazoda kuchaygan va susaygan intensivliklarning muntazam almashinuvidan iborat bo’lgan Yorug’lik interferentsiyasi eng keng tarqalgan — stasionar interferentsiyadir. Yorug’lik interferentsiyasi turlari asosan yorug’likning kogerent dastalarini hosil qilish usullari bilan bog’liq. Yorug’likning kogerent dastalarini hosil qilishning ikki usuli: to’lqin frontini bo’lish usuli va amplitudani bo’lish usulidan keng foydalaniladi. To’lqin frontini amplitudaviy bo’lish tuzilmalarida birlamchi manbaning nurlanishi optik muhitlarning yarim shaffof bo’linish chegaralari bilan bo’linadi. Masalan, sovun pufaklari, suvdagi yog’ pardalarida shunday tur Yorug’lik interferentsiyasi vujudga keladi. Bu hollarning bar chasida ikkita sirtdan qaytgan yorug’liklarning interferentsiyasi xreil bo’ladi. Amplitudani bo’lish usuli interferometrlarda keng qo’llanilib, unda to’lqin maydonlari maxsus yarim shaffof ko’zgular vositasida bo’linadi. Yuqoridagi ikki nurli interferentsiyadan tashqari, ko’p nurli Yorug’lik interferentsiyasilar ham mavjud. Fabri — Pero interferometri ko’p karrali qaytuvchi nurlarda ishlasa, difraktsiya panjaralari va Maykelson eshelonlari ko’p elementli davriy tuzilmalarga asoslangan. Yorug’lik interferentsiyasidan yorug’likning spektral tahlilida, masofalar, burchaklar va tezliklarni aniq o’lchash hamda refraktometriyada keng qo’llaniladi. Yorug’lik interferentsiyasi golografiya asosini tashkil qiladi.