ZAKOT

ZAKOT (Arabcha — tozalanish, sadaqa berish) — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon Zakot beradi. Zakot beruvchi kishining mablag’i o’zi va qaramog’idagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha bo’lishi lozim. Bu mablag’ga kishining jamg’armasi, do’konda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qo’ygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qur’oni Karimning ayrim suralarida Zakot namoz bilan yonma-yon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart bo’lgan xayr-ehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. Zakot miqdori mablag’larning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng. Zakotni zakot berolmaydigan musulmonlar olishga xaqli. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muxtojlarga, bunday qarindoshlar bo’lmasa, kambag’al, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan Zakot miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir. Ad.: Imom alBuxoriy, hadis, 1J. T., 1991; Marg’inoniy Burhoniddin, Hidoya, 1J., T., 2000.