ZARDUSHTIYLIK

ZARDUSHTIYLIK — miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan din. Asoschisi – Zardusht. So’nggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, O’rta Osiyo, xususan, Xorazm Zardushtiylik vatani bo’lgan. O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va O’rta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qadimgi paxlaviy tilida ―Zardusht so’zi ―Magupta‖ deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni ―majus shaklida qo’llagan. Natijada o’rta asrlardan beri ―Zardusht ―majus, ―zardushtiylik esa ―majusiylik sifatida qo’llanib kelingan. Avestoda bayon etilgan. Zardushtiylik ta’limoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasidagi kurashga bog’liq, deb tushuntiradi. Eng asosiysi – Zardushtiylikda e‘tiqod erkinligi mavjud bo’lgan. Zardushtiylik insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinch-totuv hayotni ta’minlash uchun kurashga chorlagan, unda ma‘rifat zulmatga, adolat zulmga qarama-qarshi qo’yilgan. Zardushtiylikda har bir inson butun kuchini o’zini kamolatga yetkazish yo’liga sarf etmog’i lozim. Zardushtiylik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtiylik arshakiylar va sosoniylar podshohligi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtiylik 13 asr davomida ajam mamlakatlarida asosiy din bo’lib kelgan.