Zaytun yog’i zaytun mevasidan olinadi, u qadim zamonlardan beri turli maqsadlarda ishlatilib kelinadi. Hali sovun kashf etilmagan kezlar donishmand yunonlar va rimliklarning o’z badaniga zaytun yog’ini surish odati bo’lgan. O’rta yer dengizi mamlakatlarida u ovqat tayyorlash uchun ishlatilgan. Qadim zamonlarda zaytun mevasini tegirmonda tortish yo’li bilan yog’ olingan. Zaytun mevasi ezib maydalangach, hosil bo’lgan massa gazmolga solinib, siqilgan. Bugungi kunda bu jarayon soddalashgan va mexanizatsiyalashgan. Zamonaviy tegirmonlarda zaytun mevasi tortiladi. Gidravlik presslar esa yog’ni siqib chiqaradi. So’ngra u tiniq bo’lishi uchun suzib, tozalanadi. Yaxshi pishgan zaytun mevasidan 15 — 30% yog’ olish mumkin. Bir zamonlar dunyoning ayrim mamlakatlari qirollari o’z boyligini omborlaridagi zaytun yog’i to’ldirilgan idishlar soni bilan o’lchashgan.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
