ARDASHER SAYID HASAN
ARDASHER SAYID HASAN (1418 — Hirot — 1489) — turkiy shoir, olim. Ardasherning otasi temuriylardan Boysunqur Mirzo xizmatida ov qushlarini o’rgatuvchi bo’lib, qushbegilik lavozimigacha ko’tarilgan. Shuning uchun Ardasher o’z ismiga “Sayid” laqabini qo’shgan. Arab tili, bade’ilmi, tarix, musiqa nazariyasi, she’r san’atini chuqur bilgan. Turkiy, fors tillarida ijod qilgan. Navoiy bilan Mashhadda tanishgan (1456), uning ijodiy kamolotiga katta ta’sir ko’rsatgan. “Bu faqirg’a ota masoba (daraja)sida erdi”, — deb yozgan edi Navoiy “Majolis un-nafois”da. Shu kitobida Navoiy Ardasher haqida ma’lumot beradi, uning bir qit’a va bir baytini namuna sifatida keltiradi. Ardasher ijodidan boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan.