Vibratsiya mashinasi
Vibratsiya mashinasi, titrama mashina — ish organi tebranma (titrama) harakatlanadigan mashina. Tebranishlar (titrashlar) chastotasi Gts ning bir necha ulushidan 10 kgs gacha, amplitudasi 1 metrdan mkm ulushlarigacha bo’lgan Vibratsiya mashinasi bor. Yuritmasining turiga ko’ra mexanik, elektr, gidravlik, pnevmatik xillarga; energiyani mexanik tebranishlar energiyasiga aylantirish usuliga ko’ra markazdan qochma, porshenli, kulachokli, krivoshin-shatunli, elektromagnitli, magnitostriktsion, pezoelektrik va boshqa xillarga; titrash (vibrasiya) hosil qilinadigan spektral tarkibiga kura monogarmonik (sinusoidal), bigarmonik, poligarmonik tebranishli xillarga; ish organining nuqtalari traektoriyasi shakliga ko’ra to’g’ri chiziqli, doiraviy, ellipis, vintsimon yo’nalishli va boshqa xillarga bo’linadi. Vibratsiya mashinasi qurilish, mashinasozlik, kon sanoati, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jalik, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlatiladi.