Verner
Verner [ixtirochi, frantsuz matematigi P. Verne (1580-1637) nomidan] — 1) asbobsozlikda — ulchash asboblarida asosiy shkala bo’linmalari bo’yicha uzunlik va burchaklarni aniqroq hisoblash uchun mo’ljallangan qo’shimcha shkala. Verner yordamida asosiy shkala bo’linmalari qiymatlarining ulushlari aniqlanadi. Ishi kuzatuvchi kishi ko’zini asosiy va qo’shimcha shkalalardagi 2 chiziqchaga (shtrixga) to’g’ri keltirishiga asoslangan; bunda shtrixlardan biri ikkinchisining davomi bo’lishi va ularning uchlari mos kelishi kerak. Verner asosiy shkala bo’ylab sirpanadi. Uning shkalasi bo’linmalari asosiy shkalanikiga qaraganda ancha maydaroq bo’ladi. Vernerning hozirgi nomi — nonius; 2) radiopriyomnik va boshqa radioapparatlarni radioto’lqinlarga aniq sozlash uchun mo’ljallangan moslama.