Vertolyot dvigateli
Vertolyot dvigateli — Vertolyot vintini harakatga keltirish (aylantirish) uchun mo’ljallangan aviasiya dvigateli. U porshenli ichki yonuv dvigateli va havo reaktiv dvigateli bo’lishi mumkin. Vertolyot parvozga ko’tarilayotgan yoki pasayib qo’nayotgan paytda quvvatni qisqa muddatga oshirish uchun qo’shimcha ravishda raketa dvigatelidan foydalanish mumkin. Ba’zi vertolyotlar (masalan, ikki valli turbovintli dvigatellar o’rnatiladigan ko’p dvigatelli vertolyotlar)da samolyotlarning turbovintli dvigatellari qo’llaniladi.