ARJON
ARJON — Sibirdagi ilk skif davriga oid mozorqo’rg’on (miloddan avvalgi 8-asr). Tuva o’lkasidagi O’yuq daryosi vodiysidagi arjon qishlog’idan topilgan. Mozorqo’rg’onning diametri 120 metr, balandligi 4 metr. Yog’ochdan ishlangan qabr inshootining usti toshlar bilan yopilgan. 70 dan ziyod qabr chiqqan. “Shoh” va “Malika” dafn etilgan qabr atrofiga 15 kishi va 160 ot qo’shib ko’milgan. Ko’plab jez qurollar (bolta, xanjarlar, paykonlar), sopol idishlar, bezak buyumlar — hayvonlar tasviri tushirilgan qadamalar, ot abzallari va boshqalar topilgan. Arjon Yevrosiyo dashtlaridagi ko’chmanchi qabilalar madaniyatining ilk namunalaridan hisoblanadi. Ad:. Gryaznov M. P., Arjan —tsarskiy kurgan ranneskifskogo vremeni, M., 1980.