Qoshiq

Qoshiq — o’zbek, rus va boshqa xalqlarda, asosan, raqslar jo’rligida usul beruvchi urma musiqa cholg’usi. 3 — 5 (yoki 4, ba’zida, bir-biriga tasma bilan juftlashtirilgan) yog’och osh Qoshiqdan iborat. Tovush Qoshiqlarni bir-biriga urish natijasida hosil bo’ladi. O’zbekistonda 1930-yillargacha (ayniqsa, Farg’onada) keng qo’llanilgan. Rossiyada Qoshiqchi (virtuoz raqqos-sozanda)lar ansambllari faoliyat ko’rsatadi.