Pir

Pir (forscha — keksa, qari) — sufiylik an’anasida tariqatlarning oliy rahnamolari yoki obro’li rahnamolar. Shuningdek, har bir murid o’z murshidini ham Pir deb atagan. Aholi orasida “Pir” tushunchasi avliyo, ma’lum bir hunarning asoschisi ma’nosida ham ishlatiladi.