Pirosta devori

Pirosta devori — qadimgi Nurota shahri va uning atrofidagi qishloqlarni uragan mudofaa devorining xarobasi. Uzunligi 20 kilometr, eni 12-15 metr, balandligi 1 -1,5 metr. Pirosta devori xarobalarini Ya.G’.G’ulomov rahbarligidagi arxeologiya otryadi tekshirgan (1950-51). Pirosta devori 6-asrda qurilib, 10-asrdan buzila boshlagan.