Plimut

Plimut — Buyuk Britaniyaning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar, Kornuoll yarim orolida. Aholisi 255,8 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Plim daryosining Lamansh qo’ltig’iga quyilish joyidagi port. Kemasozlik va kema ta’mirlash korxonalari mavjud. Baliq ovlanadi. Dengiz biologiyasi laboratoriya va Akvarium bor. Shaharga 12-asrda asos solingan. Harbiy-dengiz bazasi.