ARISTOFAN
ARISTOFAN (Aristophanes) (taxminan miloddan avvalgi 445 — 385) — yunon shoiri, “Komediya otasi”. Aristofan nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan bo’lib, ijodida yorqin namoyon bo’ladi va o’sha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini o’ziga rom etgan radikallar aqidasiga (“Chavandozlar”), sofistlarning individual falsafasiga (“Bulut”) ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini ko’ra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi (“Lisistrata”), hayotiy shaxslarni kamsitish (“bulut”da — Sokratni), fantastik vaziyatlar (“Axariyanlar”, “Qushlar”) ham Aristofan ijodiga mavzu bo’lgan.