Xo’jayev Fayzulla

Xo’jayev Fayzulla (1896.1.7, Buxoro — 1938.15.3, Moskva) — davlat va siyosat arbobi. Savdogar oilasida tug’ilgan. Buxoro madrasasida 2 yil tahsil olgach, 1907-12 yillarda Moskvada xususiy maktabda o’qigan. Buxoroga kaytgach, 1912 yildan yosh buxoroliklar partiyasining, 1913 yildan partiya MKning a’zosi bo’ldi. Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, yosh buxoroliklar siyosiy faoliyatini moddiy qo’llabquvvatlashga sarfladi. 1917 yildan boshlab Xo’jayev va Fitrat partiyaning so’l qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, so’ngra demokratik respublika tuzish uchun kurashdilar. Yosh buxoroliklar Amir tomonidan ta’qib kilingach, Xo’jayev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur bo’lishdi. Xo’jayev 1920 yil yanvarda Toshkentda tuzilgan inkilobchi yosh Buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, “Uchqun” gazeta muharriri (1920 yil aprel— sentabr). 1920 yil 14 sentabrda BXSR hukumati — Xalq Nozirlar Sho’rosi tuzilib, Xo’jayev hukumat boshlig’i qilib saylandi. BXSR tashki ishlar noziri (1920-22), harbiy ishlar noziri (1921-24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR mexnat va mudofaa kengashi raisi (1922-24). Shuningdek, Sharkiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923 — 24), SSSR harbiydengiz ishlari xalq komissarligining O’zbekiston SSR bo’yicha rasmiy vakili (1925 yildan). Xo’jayev BXSRning mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritishiga, iqtisodiy islohotlar o’tkazish va demokratik erkinliklarni joriy qilishga alohida e’tibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afg’oniston, Xitoy, Ozarbayjon, XXSR, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatic aloqalar o’rnatgan. U talabalarni xorijga jo’natib o’qitishning tashabbuskorlaridan biri bo’lgan.O’zbekiston SSR inqilobiy qo’mitasi (Revkom) — Muvaqkat ishchidehqon hukumata raisi (1924 yil noyabr — 1925 yil Fevral), O’zSSR XKS raisi (1925-1937), SSSR MIK raislaridan biri. Xo’jayev o’z faoliyati davomida o’zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi va O’zbekiston KP MKga nisbatan muxolifat mavqeida turgan “o’n sakkizlar guruhi” (1925 yil noyabr) ga xayrixoh bo’lgan.. “Quloq”larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. O’zbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. O’zbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor bo’lgan. Xo’jayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsistjurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning “Buxoro inqilobining tarixiga materiallar” (1926), “Buxorodagi revolyutsiya va O’rta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir” (1932) kitoblari, “BXSRdagi iqtisodiy ahvol” (1924), “yosh buxoroliklar to’g’risida” (1926), “Jadidlar” (1926), “Bosmachilik” (1930) maqolalarida O’zbekiston tarixining 20-asr 1-choragidagi jiddiy muammolar ko’rsatilgan. Xo’jayev 1937 yil 9 iyulda Moskvada qamoqqa olindi. O’nta Sovetlarga qarshi “o’ng Troskiychi blok” faoliyatiga qo’shilganligi hamda “Milliy Ittihod” tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, “bosmachilik” harakati va qo’rboshilarni qo’llabquvvatlaganlik, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa o’zbek ziyolilariga g’amxo’rlik ko’rsatganlik kabi ayblar qo’yishdi va otishga hukm qilindi. Hukm Moskva atrofidagi Butovo qatlgohida ijro etilgan. 1965 yil 6 martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Xo’jayevni aybsiz deb topdi va oqladi. O’zbekistonda Xo’jayevning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). Xo’jayev asarlari va u haqidagi tadkiqotlar nashr etildi. “Buxoroning jin ko’chalari” (A. Muxtor) qissasi, “inkilob tongi” (K. Yashin) dramasi, “men yashashni istayman” (N. Naymov) romanxronikasi va boshqa asarlar Xo’jayev faoliyatiga bag’ishlangan. Bu xoro universiteti, Buxoro shahridagi pedagogika kolleji, Buxoro shahridagi ko’cha, Toshkentdagi metro bekati, ko’cha, ko’plab shirkat xo’jaliklari, maktab va mahallalar Xo’jayev nomi bilan ataladi. Buxoroda haykali bor. BXSRning qizil yulduz (I darajali) ordeni bilan mukofotlangan (1922). As: Izbrannie Trudi, t. 1-3, T., 1970— 73; tanlangan asarlar, 1—3j. lar, T., 1976— 80; Ad.: Politicheskaya jizn russkix musulman do fevralskoy revolyusii, Oksford, 1987; Fayzulla Xo’jaev qayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar, T., 1997; Fayzulla Xodjaev. 100 let, Navoi, 1996; O’zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Eshonov O. E., Fayzulla Xo’jayev, T., 1973; Hasanov M., Fayzulla Xo’jaev, T., 1990; Baqoev M., Fayzulla Xo’jaev jurnalist va publisist, T., 1992; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.