ARIQ

ARIQ (ayiriq so’zidan) — sug’orish shoxobchalarining Turkistonda ishlatiladigan mahalliy nomi. Qadimdan har bir Ariq sug’oriladigan voha, kesib o’tadigan maydon, shahar, qishloqlar yoki uni ochgan kishi nomi bilan atalgan. Katta Ariq anhor deyiladi. Eski kanallarning ba’zilari hozir ham Ariq deb nomlanadi. Masalan, Toshkentda Zaxariq, Kaykovus arig’i, Xorazmda Yangiariq.