ARIQ OQSOQSHI
ARIQ OQSOQSHI – Turkistonda 19-asrning 2-yarmida daryodan boshlangan bosh ariqlarni boshqaruvchi mirob. Ariq oqsoqshi qo’l ostidagi ariqlar bir nechta tumanlarni sug’organ. U shu ariqlarni nazorat qilib turish va dehqonlarni suv bilan ta’min etish uchun daryoga o’rnatilgan to’g’onni hamda bosh ariqlarni har yili bahorda loyqadan tozalash va shoxobchalarning tegishli suvi (haqobasi)ni taqsimlab berish kabi vazifalarni bajargan. U o’z xizmati uchun suvdan foydalanuvchilardan yig’iladigan “mirobona” solig’idan haq olgan. 19-asr oxirida faqat Samarqand vohasidagina 19 Ariq oqsoqshi bo’lib, ularning qo’l ostida 309 mirob ishlagan.