ARIFMOMETR

ARIFMOMETR (Yunoncha arithmos — son va metreo — o’lchayman) — to’rt arifmetik amal bajariladigan hisoblash mashinasi. Arifmetik hisoblash mashinasi birinchi marta frantsuz olimi B. Paskal tomonidan 1641 yilda yaratildi. 1790 yilda nemis soat ustasi gan to’rt arifmetik amalni bajaradigan birinchi amaliy mashinani yaratdi. Arifmometrda sonlarni hisoblagichga o’rnatish va ko’chirish mexanizmi, aylanishlar hisoblagichi, natijalar hisoblagichi, natijalarni o’chirish qurilmasi dastaki va elektr yuritma bilan jihozlangan. Hisoblash texnikasining rivojlanishi munosabati bilan Arifmometr kam ishlatilmoqda.