Ma’ruza, lektsiya

Ma’ruza, lektsiya —o’quv materiali, biror masala, ilmiy, siyosiy mavzularning izchil, tartibli og’zaki bayoni. O’quv Ma’ruzasi o’quv jarayonining asosiy shakli; oliy o’quv yurtlarida dare berish usullaridan biri. Ma’ruza, shuningdek, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ham qo’llaniladi. Ommaviy Ma’ruza madaniy-ma’rifiy ishlar tizimida siyosiy va ilmiy bilimlarni tarqatish hamda tashviqot qilish shakllaridan biri.