ARIQ QAZIGICH

ARIQ QAZIGICH, zovur qazigich – muvaqqat ariq, o’q ariq va zovur qazishga mo’ljallangan mashina. Shatakka olinadigan (km-1400 M), tirkama (MK-13) va o’rnatma (D-716, KFM-1200 A) xillari bor; 20 santimetrdan 1,2 metrgacha chuqurlikda, tubining enini 25 santimetrdan 1 metrgacha qilib ariq qaziydigan turlarga bo’linadi. Ariq qazigich yurish 2 va tortish 5 ramalari, tayanch g’ildirak 12, chimqirqar pichoq 13, ikki ag’dargichli korpus, chig’ir va tortish ramasini ko’tarish-tushirish troslari tizimidan iborat. Ariq qazigich harakatlanganda pichoq 13 chimni ariq o’qi bo’ylab kesadi, lemex esa gruntni kerakli chuqurlikda kesib, ariq tubini tekislaydi, ag’dargichlar tuproqni ikki tomonga chiqarib tashlaydi. Berma (supacha) tozalagichlar va qanotchalar gruntni surib, berma hosil qiladi. Korpus chig’ir bilan ko’tarib-tushiriladi. Ariq qazigichlar traktorlar yordamida ishlatiladi.