Xrom qotishmalari
Xrom qotishmalari – xromga nikel (Ni), titan (Ti), vanadiy (V) va boshqa elementlar qo’shib tayyorlanadigan issiqbardosh materiallar. Zararli suyuq va gazsimon muxitlarga bardoshli, 1200°S gacha temperaturada mustahkamligini yaxshi saqlaydi. Asosiy kamchiligi — zarblarga uncha chidamasligi, ya’ni zarbiy qovushoqligi pastligi. Xrom qotishmalaridan suv osti kemalarining korpusi detallari, kimyoviy apparatlar, zararli suyuq va gazsimon muhitda ishlaydigan apparatlar va boshqalar tayyorlashda foydalaniladi.