Muhammad Sharif
Muhammad Sharif (16-asr oxiri -17-asr boshlari) — musavvir, O’rta Osiyo miniatyura maktabi namoyandasi. Muhammad Murod Samarqandiy va Muhammad Darvish Samarqandiy bilan Sa’diyning “Bo’ston” asari qo’lyozmasini (1570, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) bezashda qatnashib, 4 ta rasm ishlagan. Shuningdek, hamkorlikda “Yigit rasmi” (Luvrda) va “go’zal qiz” (shaxsiy majmuada) kabi alohida asarlar ham yaratgan.