Muzora’a

Muzora’a (Arabcha — chorakorlik) — Islom mamlakatlarida sug’oriladigan yerdan olinadigan hosilning bir qismi evaziga ijaraga berish. Muzora’a taxminan 14-asrdan boshlanib, shartnomasi yozma shaklda tuzilib, natura bilan to’lanadigan ijara haqi aniq belgilangan. Muzora’a amalda yersiz dehqonlarni yirik yer egalariga tobe qilib qo’ygan.