Mulatlar
Mulatlar (ispancha mulato; Arab, muvallad — boshqa millat qoni aralashgan) — qora tanlilarning yevropeoid irqi vakillari bilan bo’lgan nikohidan paydo bo’lgan avlod. Mulatlar Lotin Amerikasidagi davlatlar, shuningdek, Afrikaning ba’zi mamlakatlari (asosan, JAR; ularni “rangli” deb atashadi) aholisining ko’pchiligini tashkil etadi.