Mualliflik tabog’i
Mualliflik tabog’i — muallif tomonidan taqdim qilingan adabiy, badiiy, siyosiy, tarixiy, she’riy va boshqa tur asar, grafik material hajmining o’lchov birligi. O’zbekistonda 1 Mualliflik tabog’i matni 40 ming bosma belgiga yoki 700 she’riy satrga, yo bo’lmasa, 3 ming kvadrat santimetr bosma grafik material (rasmlar, jadvallar, xaritalar) ga teng, deb qabul qilingan. Muallifga qalam haqi (gonorar) to’lashda Mualliflik tabog’i asos bo’lib xizmat qiladi.
O‘xshash so‘zlar
- MUALLIFLIK HUQUQI
- Mualliflik huquqi
- Mualliflik maktabi
- Mualliflik nazorati
- Muammo
- Muashshar
- Muassan (Moissan) Anri
- Muavr formulasi











