ARKTIKA MINTAQASI
ARKTIKA MINTAQASI – yerning tabiat mintaqasi. Arktikaning katta qismini o’z ichiga oladi. Quruqlikda Arktika mintaqasiga Arktika muz sahrolari zonasi kiradi. Dengizlari qalin muz bilan qoplanganligi bilan ajralib turadi. Arktika mintaqasi chegarasi eng iliq oy (iyul yoki avgust) ning 5° li izotermasiga to’g’ri keladi. Arktika havo massalari hukmronlik qiladi. Arktika sovuq sahrolari landshaftlari tarqalgan bulib, iqlimi sovuq, yoppasiga abadiy muzloqlar bilan qoplangan, tuproqlari yaxshi rivojlanmagan, biologik va geokimyoviy jarayonlar juda sust.