ARMAVIR

ARMAVIR — Rossiya Federatsiyasi Krasnodar o’lkasidagi shahar (1914 yildan). Kuban daryosi bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 163 ming kishi (1999). Armavir o’lkaning Krasnodardan keyin ikkinchi sanoat markazi. Oziq-ovqat (go’sht, konserva, moy-yog’ kombinatlari), mashinasozlik, kimyo, yengil, yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. Pedagogika instituti, mashinasozlik, mexanika-texnologiya, zooveterinariya texnikumlari, tibbiyot bilim yurti, muzey, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi, telemarkaz bor. Armavirga 1839 yilda asos solingan.