Metabazitlar

Metabazitlar (meta… va Yunoncha Basis — asos) — asosli magmatik jinslarning metamorfizmi natijasida hosil bo’lgan metamorfik tog’ jinslari. Metabazitlarga metamorflashgan diabazalar, gabbro, dioritlar va ba’zan slanes va amfibolitlar kiradi. Metabazitlar O’zbekistonning Hisor, Chatqol, Kurama, Nurota, Sulton Uvays tog’larida dayka, qatlam va tomirlar shaklida uchraydi.