Melanj

Melanj (Fransuzcha — melange — qorishma) — tog’jinslari majmui; o’ta asosli jinslar, asosli lava va tuflar, metomorfik jinslar, yashma, ohaktoshlarning harsanglaridan iborat. Jinslar tartibsiz, maydalanganlik izlari saqlangan va o’zaro o’rin almashgan holatda yotadi. Tektonik qoplamalarning shakllanishi vaqtida vujudga keladi va Yer pustida yirik gorizontal harakatlar bo’lganligidan darak beradi.