Mezen

Mezen — Komi Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyatidagi daryo. Uzunligi 966 kilometr, havzasining maydoni 78 ming km2. Timan kryaji g’arbiy yon bag’ridagi botqokliklardan boshlanib, oq dengizning Mezen qo’ltiqchasiga quyiladi. Yomg’ir, qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 886 m3/sek. Qishda muzlaydi. Yog’och oqiziladi. Quyilish eridan 371 kilometr (bahorda 650 kilometr) masofada kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. Mezen bo’yida MeZen shahri joylashgan.