Mveru
Mveru — Afrikadagi ko’l, Zambiya va Kongo demokratik Respublikasi chegarasida, 917 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 5,2 ming km2, uzunligi 130 kilometr, eni 40 kilometrgacha. Chuqurligi 9-15 metr. Ko’lga Luapula daryosi quyilib, Lovua daryosi oqib chiqadi. Baliqqa boy (70 dan ortiq turi bor). Kema qatnaydi. Kilva, Pveto pristanlari bor. Mveru-Vantipa milliy bog’i tashkil etilgan.