Tauantinsuyu

Tauantinsuyu (kechua tilida — Birlashgan to’rt viloyat) — inklar davlati (1438-1536). Poytaxti — Kusko shahri. Tauantinsuyu 4 qismga bo’lingan: Kolyasuyu (Chilining shimoliy qismi, Boliviyaning deyarli barcha hududi va Argentinaning shimoliy g’arbiy qismi); Kondesuyu (hozirgi Peruning Janubiy g’arbiy qismi); Chinchasuyu (Peru va Ekvador hududidagi and tog’larining g’arbiy yon bag’ri) va Antisuyu (Peru va Ekvador hududidagi and tog’larining Sharqiy yon bag’ri). Bunday bo’linish Ink Pachakuti tomonidan qiling’an degan fikr mavjud. Tauantinsuyu da juda kup kabilalar yashagan, aholisi 8-15 million kishini tashkil etgan. Rasmiy tili — kechua. Davlat boshlig’i oliy Inka hisoblangan. Rivoyatlarga ko’ra, hukmdor — Manko kapak, so’nggisi — Ataualpa bo’lgan. 1532-35 yillarda F.Pisarro va Dalmagro raxbarligida ispanlar Tauantinsuyuni bosib olib, uning boy madaniyatini vayron qilganlar.