Razdan, zanga
Razdan, zanga — Armanistondagi daryo. Kura havzasidagi Araks daryosining chap irmog’i. Uzunligi 146 kilometr. Havzasining maydoni 2560 km2 (Sevan ko’li havzasi bilan birga 7310 km2). Sevan ko’lidan oqib chiqadi. Yuqori qismida tog’ vodiysidan, quyi qismida Ararat tekisligidan oqadi. O’rtacha suv sarfi boshlanishida 2 m3/sek., quyilish joyida 17,9 m3/sek. Suvi sug’orishda foydalaniladi. Daryoning umumiy nishabi 1097 metr (1,8 m/km). Razdanda 6 ta GES kaskadi qurilgach, suv sarfi Sevan ko’li suvi hisobiga 44,5 m3/ sekundgacha ortdi. Lekin ko’l suvi sathini saqlab qolish maqsadida suv sarfi keskin kamaytirildi. Daryo sohilida Yerevan, Sevan, Razdan, Charentsavan, Arzni shaharlari joylashgan.