Razzoqov Hoshimjon
Razzoqov Hoshimjon (1916, Andijon viloyati Ko’nchi qishlog’i — 1982.15.3, Andijon) — adabiyotshunos. Filologiya fanlari Doktori (1972), professor (1973). Toshkent Pedagogika institutini tugatgan (1941). Andijon pedagogika instituti o’qituvchisi (1952-54), o’zbek adabiyoti kafedrasi mudiri (1954-82). Asosiy ilmiy ishi o’zbek xalq og’zaki ijodida satira va yumor mavzuida. Zavqiy, Hayratiy, Oraziy kabi shoirlar asarlarini nashr ettirgan (“Zavqiy”, 1955; “Oraziy”, 1959). Xalq ijodini, xususan, Farg’ona vohasida tarqalgan folklor namunalarini to’plagan, nashrga tayyorlagan, o’rgangan (“Latifalar”, 1965; “Gulyor” qo’shiqlar to’plami, 1967). “Farg’ona chashmalari” she’rlar to’plami (1962) va “Nodira” pyesasini yozgan.