Xost, Xust, Xasht
Xost, Xust, Xasht — o’rta asrlarda Toxaristonga mansub shaharlardan biri. Andarob shahri (Shimoliy Afg’oniston) yaqinida, Banda daryosi bo’yida, alkurza vodiysida joylashgan. Xost alohida okrug (“amal”) markazi bo’lib, unga 4 tog’ daryosi bo’ylab o’tgan 4 yo’l tutashgan. Xitoy sayyohi Syuan Szan asarida Xost Toxaristondagi Kyusito mulki sifatida qayd etilgan. 7-asrda bu yerda 3 ta Budda ibodatxonasi va bir necha rohiblar bo’lgan. Bu yerda arablar istilosi davrida qal’a bo’lib, unda Nizak Tabarxon (Nizak Tarxon) Qutayba ibn Muslim ta’qibidan qochib yashiringan. Qutayba bu mustahkam qal’ani kuch bilan egallay olmay, uni faqat hiyla bilan zabt etgan. Xost 9-10-asr manbalarida qayd etilgan. 9-asrda Xostda jome masjidi bo’lgan. 10-asrda Xost hosildor yerli, qalin bog’larga ega ozoda va go’zal shahar hisoblangan. Unda arablarning “Ashraf” qabilasi yashagan, bu qabila 12-asrda Sam’oniy asarida ham qayd etilgan. Mo’g’ullar istilosidan lo’ng, shuningdek, Amir Temur va Temuriylar davrida Balxga, 16-17-asrlarda esa Balx xonligiga tobe bo’lgan. O’rta asr Xost shahri hozir ham o’z nomini saqlab qolgan. U 20-asr boshida Farang bilan birga Kattagon hokimiga tobe bir o’lkani tashkil qilgan. Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — naxhale XIII vv., T., 1996.