Ramapiteklar
Ramapiteklar (Ramapithecus) qirilib ketgan odamsimon maymunlar. 2 turi ma’lum. Pastki jag’suyaklari qoldiqlari va tishlari Hindistonda yuqori miosen yotqiziqlaridan topilgan (1934). Ramapiteklar qoldiqlari Sharqiy Afrika (Keniya, 1962), Yevropa (Vengriya, Turkiya)dan ham topilgan. Tishlarining morfologik xususiyatlariga ko’ra, Ramapiteklar avstralopiteklarga yaqin turadi. Ramapiteklarning absolyut yoshi 13-14 million yilga teng. Ramapiteklar avstralopiteklarning ajdodi hisoblanadi. Lekin keyingi yillarda ko’pchilik tadqiqotchilar Ramapiteklarni orangutanlarga yaqinlashtirib, ularni odam ajdodlari qatoridan chiqarishni taklif qilishmoqda.