Radioto’lqinlar
Radioto’lqinlar — to’lqin uzunligi 0,1 mkm dan 10 kilometrgacha bo’lgan elektromagnit to’lqinlar; bo’shliqda 300000 km/s tezlik bilan tarqaladi. Birinchi bo’lib G. Gers 1888 yilda to’lqin uzunligi Yum dan 0,6 metrgacha bo’lgan Radioto’lqinlarni, rus olimi P. N. Lebedev 1895 yilda to’lqin uzunligi 6 millimetrli elektromagnit to’lqinni hosil qilgan. A. S. Popov 1895 yilda birinchi marta Radioto’lqinlar yordamida 250 metr masofaga axborot uzatishni amalga oshirgan va radiotexnikaga asos solgan. Radioto’lqinlarRadioto’lqinlar hosil qilish va muhitda tarqalish xususiyatiga ko’ra xalqaro kelishuvga muvofiq Radioto’lqinlar 4 dan to 11 tartib raqamigacha belgilanadigan quyidagi 8 ta diapazonga bo’linadi. Radioto’lqinlar radioaloqa, radiolokasiya, televideniye, kosmonavtika, radiometeorologiya, radioastronomiya, ilmiy tadqiqot ishlari va boshqalarda qo’llaniladi.