Radiosport
Radiosport — sportning texnik turi, qisqa va ultraqisqa to’lqinlarda havaskorlik radioaloqalarini o’rnatish, radiogrammalarni tez qabul qilib olish va uzatish, “tulki ovi” (pelengator- priyomniklar yordamida maxfiy uzatgich — “tulki”ni izlash) va boshqalar bo’yicha turli kompleks musobaqalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro radiohavaskorlik Ittifoqi (1925 yil tashkil etilgan)ga 128 mamlakat a’zo (1987). Jahon chempionatlari 1925 yildan buyon o’tkaziladi. O’zbekistonda Radiosport 1954 yildan paydo bo’lgan. Respublika Radiosportchilari sobiqittifoq va jahon musobaqalarida muntazam qatnashib mukofotli o’rinlarni egallaganlar. Yu. P. Kormaev, S. M. Kirviskiy, G. G. Tursunov, S. D. Ju ; ravlev, S. Krasikov, M. V. Ribalov, Y. Rahimov Radiosportning rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Hozirgi vaqtda Toshkent shahar, Toshkent, Farg’ona, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlarida radiotexnika maktablari, shuningdek, sporttexnika klublarida Radiosport bo’yicha 200 ga yaqin sektsiyalar ishlab turibdi.