Radiomarkaz
Radiomarkaz — radioaloqa va radioeshittirishni amalga oshirish uchun mo’ljallangan inshootlar va texnik vositalar (antennalar, uzatuvchi va qabul qiluvchi apparatlar, tovush yozish apparatlari, kuchaytirgichlar va boshqalar) majmui. Vazifasiga ko’ra, qabul qiluvchi, uzatuvchi va qabul qiluvchiuzatuvchi turlarga ajratiladi. Uzatish va qabul qilishdagi xalaqitlarni kamaytirish uchun uzatuvchi va qabul qiluvchi Radiomarkazlar bir-biridan va sanoat korxonalaridan uzoqroqqa joylashtiriladi. Qabul qiluvchi uzatuvchi Radiomarkazlardan harbiy ishda, ekspeditsiyalarda foydalaniladi. Ularni, masalan, kemalarga joylashtirish mumkin.