Sharj
Sharj (Fransuzcha charger — yuklamoq) — she’riy yoki nasriy satirik, yumoristik asardagi biror bir shaxsga oid hajviy xususiyatlar ustidan kulish. Hajvgo’y shoirlar, yozuvchilar yoki karikaturachilar o’zlarining Sharjlari bilan shaxs xarakteriga xos bo’lgan ma’lum xususiyatni biror bir narsa yoki predmetga qiyos qiladilar va uni o’ta mubolag’ali tarzda tasvirlaydilar. Kishi tabiati yoki tashqi qiyofasidagi biror jihatni Sharj sifatida samimiy qiyoslash yoki o’xshatish do’stona hazil she’rlarda ham uchraydi.