Shakarpora

Shakarpora — o’rtapishar mahalliy qovun navi. Mevasi tuxumsimon, uch tomoni ingichka, katta, uzunligi 35— 45 santimetr, og’irligi 5-7 kilogramm. Sirti bir oz bo’g’imli, to’r bilan krplangan, turlari yirik, tusi xira, tuk, yashil. Sirtidagi gullari tor, uzun-uzun, egri-bugri qoramtir yo’llardan iborat. Po’sti qattiq. Eti oq, ba’zan och yashil, qalinligi 4-6 samtimetr, juda sershira, shirin, xushxo’r, tarkibida 9% gacha qand, 12% quruq modda bor. Urug’i yirik, tor tuxumsimon, sariq. Hosili urug’i unib chiqqanidan keyin 76-80 kunda pishadi. Hosildorligi 220 — 280 ts/ga. Tashishga chidamsiz. Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istonda ko’proq ekiladi.