Shaddodiylar
Shaddodiylar — o’rta asrlarda Arron (kura va Arake daryolari oralig’idagi hudud) va Armanistondagi musulmon kurd sulolasi (taxminan 951-1199). Asoschisi — Muhammad ibn Shaddod. U Daysam ibn Ibroxim al-Kurdiy qo’l ostidagi Dvin shahrini egallab olgan. Shaddodiylarning asosiy tarmog’i ganjada 10-asrning 70-yillaridan 1075 yildagi Saljuqiylar bosqinigacha hukmronlik qilgan, shu yili SShaddodiylardan Fazlun 111 asir olingan. Dvinlik Shaddodiylardan biri 1072 yil Saljuqiylar sultoni Alp arslondan Ani shahrini sotib olib, uni o’g’li Manuchaga bergan. Manucha Shaddodiylarning ani tarmog’i sulolasi (1072— 1199) asoschisi bo’lgan. Shaddodiylar sulolasi, 1199 yil Ani shahrini Gruziyaga (unga vassal Zaxariylar knyazligiga) qo’shib olinishi bilan tugatilgan.