Sharipov Husan
Sharipov Husan (1937.27.7, Toshkent) — aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1963). 1959-91 yillar Muqimiy teatrida aktyor (1986-87-yillar direktor). 1990-95 yillar O’zbekiston teleradiokompaniyasida badiiy so’z ustasi, 1995-97 yillar O’zbekiston teatr arboblari uyushmasi kotibi. Sharipov ijodi tabiatan xalqchilligi, boy fantaziyasi, imkoniyati kengliga, ijro san’ati va mahorati komik yo’nalishidagi rollarga moyilligi bilan ajralib turadi. Aktyorning o’zbek an’anaviy teatri va askiya san’ati vositalaridan unumli foydalanishi sahnada, kinoda, miniatyura teatri, “xanda” eshittirishlari (radio)da yaratgan obrazlari, rollaridagi soddalik, samimiylik ko’zga tashlanadi. Teatrda Toshbolta (“Toshbolta oshiq”), Po’lat (“xotinimning eri”), Tojiboy (“Ujarlar”), Hasan (“Jon qizlar”), akop (“Xonuma xonim”), Abdulla (“aka-uka sovchilar”), Abdulla (“vatan ishqi”), Sobirjon (“oshiq g’arib”), Choyxonachi (“Jonim fido”) kabi rollari bilan teatr rivojiga mumosib hissa qo’shdi. Kinoda Shermat (“Suyunchi”), Husan Sharipov (“Vodillik kelin”), Avtobaza direktori (“marhumning hurmati”), Husan (“sho’rpeshonalar”, “Kelinlar qo’zg’oloni”, “kim jinni”), Hoji A’lam (“Maysaraning ishi”), Zokir xotinboz (“amirning bevaqt tashrifi”), Hoji (“bomba”), bo’yoqchi (“makkora”), ota (“Chinor tagidagi duel” va boshqalar) va telefilmlar [Hoji Dehdor (“Alisher Navoiy”), 12 qismli, savdogar (“Uvaysiy”), Husan (“uchrashuv”) va boshqalar] da ham samarali ijod qildi. 1960 yildan “Tabassum” radiojurnalining, 1969 yildan teleminiatyura teatrining muntazam ishtirokchisi. Ma’naviyat va ma’rifat yo’nalishidagi teatrlashtirilgan “Ma’naviyat qalbim quyoshi” dasturi muallifi va ijrochisi. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1999).