Shantar orollari
Shantar orollari – Oxota dengizining g’arbiy qismidagi 15 oroldan iborat arxipelag. Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o’lkasida. Umumiy maydoni 2500 km2. Eng yirik orollari katta Shantar, Feklistov, kichik Shantar, Belichiy. Yer yuzasi qirlardan iborat. Eng baland joyi 701 metr. Kishi sovuq, yozi iliq. Aralash o’rmonlar (oqqarag’ay, Dauriya tilog’ochi, ayan qarag’ayi) bilan qoplangan, qirlarning yuqori qismlari o’tloq. Orollar atroidagi suvda baliq ovlanadi. Orollarda tez-tez tuman tushadi, atrofida suv ko’tarilishi va pasayishi kuchli.