“Shajarayi Tarokima”
“Shajarayi Tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) — tarixiy asar, muallifi Abulg’oziy Bahodirxon. Eski o’zbek tilida yozilgan (1661). Asarda Odam ato haqidagi diniy xarakterdagi afsonalar, o’kuzturkmanlar haqidagi ma’lumotlar hamda real asosga ega bulgan voqealar bayon qilingan. Obida turkiy qabilalar, xususan, turkman xalqining kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlari bilan qimmatlidir. Unda barcha turkiy qabilalarning afsonaviy hukmdori O’kuzxon va uning avlodlari tarixi, shuningdek, turkman urug’lari — solur, taka, boyandur, tevagi, yovmut, Xizr eli, Ali eli, sariq, ersari, yozir va boshqalarning genezisi xususida qisqa ma’lumotlar berilgan. Manbaning tanqidiy matni, rus tiliga tarjimasi va ilmiy tadqiqi 1958 yil akad.emik A.N.Kononov tomonidan chop etilgan. Asar 1992 yil joriy alifboda Toshkentda nashr qilindi. Ad.: Kononov A.N., Rodoslovnaya turkmen. Sochinenie Abul Gazixana Xivinskogo, M.L., 1958.