Shayton

Shayton (Arabcha) — Islom, xristianlik va boshqa dinlarning ta’limotlariga ko’ra, yovuz ruh yoki yovuz ruxlarning boshlig’i, dunyodagi yovuzliklarning aybdori, odamlarni gunohga yetaklovchi kuch. Shayton to’g’risidagi tasavvur “satanas” shaklida yunon tilidan xristian adabiyotiga, undan Yevropa tillariga, “Satana” shaklida rus tiliga o’tgan. Qur’onda talqin qilinishicha, Shaytonni Alloh olovdan yaratgan, keyinchalik amriga itoat qilmagani uchun uni toshbo’ronga sazovor (Arabcha “rajim”) deb la’natlagan. Lekin Alloh bandalarini uning vasvasalariga aldanishi yoki aldanmasligini sinab ko’rish uchun Shaytonga muxlat bergan. Shuning uchun u barcha odamni yo’ddan ozdirishga harakat qiladi. Qur’onda Shayton so’zining sinonimi sifatida Iblis iborasi ham qo’llanilgan. Shayton so’zi firibgar, ayyor odamlarga nisbatan ham ishlatiladi.