Shukurov Jo’ra

Shukurov Jo’ra (1949.10.3, Buxoro) — dirijyor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1998). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1972). Buxoro teatrisa bosh dirijyor, Buxoro musiqa bilim yurtida pedagog (1972— 77), O’zbekiston davlat akademik xor kapellasi (1977-86), doni Zokirov nomidagi xalq cholg’ulari orkestrida (1986-88) dirijyor, O’zteleradiokompaniyasining xor jamoasida bosh dirijyor (1988 yildan) va badiiy rahbar (1993 -2004), dirijyor (2004 yildan), Toshkent madaniyat institutida dotsent (2002 yildan). Dirijyorlik faoliyatida milliy an’analarga asoslangan xor ijrochiligini rivojlantirgan. O’zbek xalq qo’shiqlarini xor uchun qayta ishlagan (“Farg’onacha yoryor”, “Mavrigi” va boshqalar).