Shukurov Sobirjon

Shukurov Sobirjon (1947.16.4 Toshkent — 2003.18.11) — naqqosh. O’zbekiston xalq ustasi (2003). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1967), Toshkent politexnika instituti me’morlik fakultetini (1976) tugatgan. 1980 yildan Respublika maxsus ijodiy ishlab chiqarish “Usto” uyushmasida faoliyat ko’rsatgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi binolarini, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuini va Buxoro viloyatidagi majmualarni naqqoshlikning qadimiy milliy uslubida bezashda muayyan hissa qo’shgan. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1997).