Shuxov Vladimir Grigorevich

Ma’nosi

Shuxov Vladimir Grigorevich [1853.16(28).8, hozirgi Belgorod viloyati, Grayvoron shahri — 1939.2.2, Moskva] — rus muhandisi, olim. Faxriy akademik (1929). Mehnat Qahramoni (1932). Moskva Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1876). Neft sanoati texnikasi, qurilish ishlariga doir muhim asarlar muallifi. Texnikaning turli sohalariga oid ilmiy asarlari, loyihalagan inshootlari bilan fan va texnika rivojiga katta hissa qo’shgan. Shuxov loyihasi bilan (me’mor M.F. Mauer va Shuxov rahbarligida) Samarqanddagi Ulug’bek madrasasining og’ib qulay yozgan minorasi tiklangan (1932).

O‘xshash so‘zlar

Sh harfi: barcha so‘zlar